shaklidagi bezak
Oq-enli gilam oʻzbek urugʻlari, qabilalariga (qoʻngʻirot, laqaylar) xos asl an’analarni ifodalovchi qadimiy mahsulot turidir. Oq-enli gilamlarining oʻziga xosligi toʻqimachlik (asosan gajari va terma texnikasi boʻyicha) bilan birga kashtachilik usullarining qoʻshib ishlatilganligidadir. Kashtalar asosan yorqin – oq yoki sariq ranglardagi matoga tushirilgan. Tikilgan ingichka mato boʻlaklari esa toʻq jigarrang yoki toʻq qizil ranglarda boʻlgan. Ingichka sholchalardan tikilgan gilamning enini oʻlchashda qoʻngʻirotlar, boshqa yarim koʻchmanchi oʻzbeklar kabi “en” atamasini ishlatganlar. Bir en bitta toʻqilgan sholchaning kengligiga toʻgʻri kelganligi uchun ham gilam oq- enli deb nomlangan.
Qorishiq usulda tayyorlangan gilamlarning gullari asosan geometrik, zoomorf naqshlardan iborat boʻlib, islimiy usullar nisbatan kam ishlatilgan. Geometrik shakllar oddiy, pogʻonali romblar, W va S koʻrinishidagi belgilar, sakkizqirrali yulduz, uchburchak, Quyosh va astral ramzlar –xoch, toʻgʻri toʻrtburchak kabi motivlardan iborat boʻlgan.
Qoʻngʻirotlar, boshqa qabilalar singari bir joydan boshqa joyga tez-tez koʻchib yurganlar. Shu sabab ham ularning uylari (oʻtov) bir joyda muqim emas, koʻchma boʻlgan. Qadimda qoʻngʻirot va laqaylar bir joydan ikkinchi joyga koʻchar ekanlar, osmon va yulduzlar, oy va Quyoshga qarab harakatlanganlar. Bu kabi samo bilan uzviy bogʻliqlik ular tomonidan yaratilayotgan toʻqimachilik mahsulotlariga, jumladan, gilamlariga ham ta’sir qilgan. Yuqoridagi Quyosh timsolini koʻrsatib turuvchi charhpalak Gulli to’pbarggul shaklidagi bezak berilgan naqsh ham bunga yorqin misol boʻla oladi.
Oʻzbekiston Davlat San’at Muzeyi (Samarqand)