Ornaments – bu TBC Bank Uzbekistan ijtimoiy loyihasi bo’lib, uning maqsadi O’zbekiston amaliy san’ati va xalq amaliy san’atining raqamli bezaklarining to’liq raqamli katalogini yaratish, bu bezaklardan kelajagdagi o’z mahsulotini brendingida foydalana oladigan har bir kishiga taqdim etish edi.
Milliy bezaklar maʼlumotlar bazasini toʻplash maqsadida loyiha ishtirokchilari Oʻzbekiston shaharlariga ekspeditsiyaga borib, milliy muzeylar, madaniyat markazlari va amaliy sanʼat ustaxonalarida boʻldi.
Loyihaning birinchi bosqichi anʼanaviy oʻzbek toʻqimachilik mahsulotlariga bagʻishlangan. Bu bosqichda quyidagi yo’nalish bo’yicha ekspeditsiya o’tkazildi: Toshkent, Samarqand, Urgut, Nurota, Buxoro, G’ijduvon. Ushbu ekspeditsiya natijasida 100 dan ortiq bezaklar tanlab olindi, keyinchalik ular raqamlashtirildi.
Platforma taqdimoti chog‘ida tbc-ornaments.uz saytida vektor formatdagi ilk an’anaviy o‘zbek bezaklari paydo bo‘ldi. Keyinchalik, katalog 100 dan ortiq ob’ektlardan iborat bo’lgan to’liq to’plam bilan to’ldirildi.
Ikkinchi ekspeditsiyaning diqqat markazida turli xil idishlarga qo’llaniladigan bezaklar bo’ldi. Bu safar loyiha jamoasi Farg‘ona, Marg‘ilon, Rishton va Namangan shaharlarida bo‘lib, 200 dan ortiq bezaklar fotosuratlari bilan ma’lumotlar bazasini to‘pladi.
Shunday qilib, loyihaning birinchi bosqichi doirasida katalogni o‘zbek an’anaviy to‘qimachilik mahsulotlarining 100 xil bezaklari bilan to‘ldirish rejalashtirilgan.
Loyihaning uzoq muddatli rejalarida – dizaynerlar, biznes vakillari va foydali va zarur bo’lishi mumkin bo’lgan har bir kishiga bepul foydalanish uchun vektorli fayllarning to’liq bazasini yaratish uchun raqamli katalogni O’zbekiston amaliy san’ati va xalq amaliy san’atining barcha bezaklari tulari bilan to’ldirishni o’z ichiga oladi.