Oʼzbek kashtachiligi asosida yaratilgan buyumlar turlari juda keng. Har bir kashtachilik buyumi qanday foydalanishiga koʼra nomlanadi. Аholining kundalik turmushida kashtachilik buyumlari oʼrin-koʼrpalarga, yostiqlar uchun yopinchiqlar — choyshab, gulkoʼrpa, roʼyijo, bolinpoʼsh, takyapoʼshlar, devorlarga ilish uchun — zardevorlar, devordagi taxmonlar ilinadigan ensiz — kirpichlar, dasturxonlar, joynamozlar, beshik ustiga yopish uchun — beshikpoʼshlar sifatida keng foydalaniladi.
Fargʼona vodiysi kashtachiligida rangli fonda erkin joylashtirilgan buta naqshli kompozitsiyalar qoʼllaniladi. Bundan tashqari, kashtaning asosi koʼpincha bezakli kashta bilan toʼldirilmasdan ochiq qoldiriladi, buning natijasida kompozitsiya nafislikka va grafik koʼrinishga ega boʼladi. Fargʼona vodiysi hunarmand ayollarining eng yoqtirgan bezagi anor naqshi hisoblanadi. Mahalliy xalq orasida anor qadim zamonlardan barhayotlik, toʼkinlik, farovonlik va muhabbat ramzi boʼlib kelgan. Аnor tasviri koʼplab qadimiy osori-atiqalar, sanʼat asarlarida uchraydi. Masalan, Oʼrta Osiyo xalqlarida anor hayot chashmasi, toʼkin-sochinlik rahnamosi sanalagan ona-iloh Аnayitning alomati boʼlib, uning kuchi anor donalarining koʼpligida deb hisoblangan.
Namangan viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyi