(anor naqsh)
Har bir markazning soʻzanasi mahalliy xususiyatlarga ega. Nurotalik hunarmand ayollar orasida yak mohu — chorshox (toʻrt shox — bir oy) kompozitsiya turi mashhurdir. Ushbu kompozitsiya markazida quyosh yoki yulduz naqshining tasviri ifoda etilgan boʻlib, burchaklarida gul butalari yoki guldastalar ko’rinishidagi bezak kashtalangan. Ba’zan nurotalik hunarmand ayollar qushlar, hayvonlar, odamlar yoki kundalik buyumlarning tasvirlarini kompozitsiyaning koʻzga koʻrinmas joylariga kiritib, ularni umumiy surat – chizma soʻzi bilan atashadi. Zodagonlarning haqiqiy bogʻlari andoza sifatida xizmat qilgan, jannat bogʻlarini hunarmand ayollar aynan shunday tasavvur qilishgan.
O‘zbek kashtachilarining eng sevimli naqshlaridan biri anor naqshidir. Mahalliy aholi orasida anor qadimdan hayot, farovonlik, unumdorlik va muhabbat ramzi sifatida talqin etilgan. Bitta va bir xil bezak naqshlari, bu holda, har bir hunarmand tomonidan alohida talqin qilinadigan anor naqshlari kashta tikilgan mahsulotning umumiy tuzilishida butunlay boshqacha koʻrinishi, uni sokin, jiddiy yoki gulduros, joʻshqin aks ettirishi mumkin edi.
Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi (Samarqand)