Zardo‘zlar sulolasining davomchisi bo‘lmish Baxshillo Jumayev Buxoro zardo‘zlik san’atining etakchi ustalaridan bo‘lib, qadim texnologiyalar va badiiy usullarni o‘zida jamlagan an’anaviy zarduzlik san’atini saqlab qola olgan hunarmandlardan xisoblanadi. Katta pannolarni yaratish B. Jumayevning eng sevimli ishidir. Usta o‘z kompozisiyalarida islimiy xaraktyerga ega – gulli to’pbarggul shaklidagi bezaklar, palmettalar, butalar, novdalar, anor, uzum, bodom, gul to‘la guldonlar kabi an’anaviy usuldagi naqshlardan foydalanadi.
Aksariyat an’anaviy me’moriy yodgorliklar o‘zining ajoyib dekorativ bezaklari va murakkab geometrik qurilish uslubi bilan zardo‘zlar ijodiga turtki bo‘lib xizmat qilgan. Masalan, masjidlarda Makka tomonni ko‘rsatib turuvchi mehrob ham shu kabi qadimiy naqshlar turkumiga kirib, odatda uning peshtoq qismi uchli qilib ishlangan.
Baxshillo Jumayevning shaxsiy kolleksiyasi