Oʼzbek kashtachiligiga oid mahsulotlar safi nihoyatda keng. Har bir kashtachilik buyumi qoʼllanishiga koʼra alohida nomlangan. Mana shunday kashta bosilgan buyumlardan biri – joynamoz boʼlib, u har bir oʼzbek oilasida mavjud.
Hunarmandlar tikkan kashtachilik buyumlarining naqshlarida oʼsimliklar shaklidagi toʼpbarggullar va turli yaproqsimon, gulli naqshlar asosiy oʼrin egallaydi. Rang-barang islimiy va yulduzsimon shaklidagi naqshlarning tikilishi tevaral-atrofdagi tabiat manzarasi, samo jismlarining obrazli ifodasi boʼlib, xalqning dunyoqarashidan kelib chiqib shakllangan. 1970-yillardan boshlab paxta naqshi kashtadoʼz ayollar oʼrtasida mashhur boʼla boshlagan.
Аmir Temur Nomli Shahrisabz Moddiy Madaniyat Tarixi Muzeyi