Qashqadaryolik hunarmandlari tikkan ayrim kashtachilik buyumlarining naqshlarida oʼsimliklar shaklidagi toʼpbarggullar va turli yaproqsimon, gulli naqshlar asosiy oʼrin egallaydi.
Kashtachilik buymlari oilaviy marosimlar, ayniqsa nikoh toʼylarida katta ahamiyatga ega boʼlgan va yosh oila uchun baxt-saodat, serfarzandlik timsoli hamda yomon koʼzlardan asrovchi tumor boʼlib xizmat qilgan.
Soʼzanalarga tikilgan koʼplab rang-barang islimiy va yulduzsimon shaklidagi naqshlarning tikilishi tevaral-atrofdagi tabiat manzarasi, samo jismlarining obrazli ifodasi boʼlib, xalqning dunyoqarashidan kelib chiqib shakllangan.
Kashtachi hunarmand ayollarning eng sevimli naqshlaridan biri – qalampir yomon nazarni daf qiluvchi, yosh kelin-kuyovni ins-jinslar va koʼz tegishidan saqlovchi vosita vazifasini bajargan. Mahalliy aholining fikricha, ins-jinslar, alvastilar achchiq, nordon va achishtiruvchi narsalardan qochadi.
Аmir Temur Nomli Shahrisabz Moddiy Madaniyat Tarixi Muzeyi