Alisher Nazirov – Rishton kulolchilik maktabi an’analarini saqlab kelayotgan ustalardan biridir. U qadimgi klassik na’munalar asosida Rishton kulolchiligining an’anaviy shakl va naqshlarini tiklagan. Uzoq vaqt davomida u kul bilan sirlash usullarini o’rgandi. Bu usul qo’llanganda har qanday mahsulot o’ziga xos nafis yog’duga ega bo’ladi.
Usta ishlari eski naqshlar va bezak mavzularining erkinroq talqini bilan ham ajralib turadi. A. Nazirov ayrim naqshlarni an’anani buzmagan holda yangicha talqin qilishga, uslublarni zamonaviylashtirishga harakat qiladi. Bunday yondoshuv mahsulotlarda ustaning individual ijodiy uslubini ko’rish imkonini beradi. Usta ijodida baxt timsoli bo’lgan moviy qush tasviri alohida o’rin tutadi. Shuningdek, usta o’z ishlarida, asosan, o’simlik dunyosining ramziy ma’nolaridan keng foydalanadi.
Alisher Nazirov ustaxonasi