Mavlyuda Narzullaeva – kashtado’z sulolaning uchinchi avlodi hisoblanib, an’anaviy G’ijduvon kashtachilik an’analarini davom ettirib keladi. M. Narzullayeva o’z ishlarida o’zbek kashtachilik an’analarini talqin qilganda o’ziga xos yondashuvdan foydalanadi, uning asosiy maqsadi noyob va zamonaviy so’zanalarni zamonaviy texnologiyalar hamda unutilgan bezaklar asosida yaratishdir. M. Narzullayeva yaratgan so’zanalar bezaklarida an’anaviy G’ijduvon kashtachiligi kabi qo’lda tikilgan Buxoro maktabi singari boshqa hammaga ma’lum markazlarning mashhur bezaklarini ham ko’rish mumkin.
Ustaning eng yaxshi ko’rgan kashtalaridan biri bu anor. Mahalliy aholi tomonidan anorni hayot, to’kin-sochinlik, ko’payish va muhabbat timsoli sifatida talqin qilingan. Bitta kashta, ushbu holatda anor, ustalar tomonidan har xil talqin qilingan, va tikilgan mahsulotning umumiy tuzilishida butunlay farqli ko’ringan, shu bilan birga sokinlik, osoyishtalik, jiddiylik yoki shiddatli harakatlarni va jo’shqinlikni aks ettirgan.
Mavlyuda Narzullayevaning shaxsiy kolleksiyasi