O’zbek kashtado’zlarining sevimli naqshlaridan biri anor hisoblangan. Mahalliy aholi tomonidan qadim zamonlardan buyon anor hayot, to’kin-sochinlik, hosildorlik va muhabbat ramzi bo’lgan. Anor tasviri ko’plab san’at yodgorliklarida tasvirlangani guvohlik beradi, masalan, O’rta Osiyo ona ma’budasi, hayot manbai, unumdorlik xudosi, Anaxitlar ashyolari anor mevasi hisoblangan va urug’ining ko’pligi bilan ajralib turgan.
Bir ko’rinishdagi kashta, bu holatda anor tasviri har bir usta tomonidan alohida ma’noni anglatgan, tikilgan mahsulotda boshqacha ko’rinishda bo’lgan, shu bilan birga tinchlik, xotirjamlik, qat’iylik yoki shiddatli harakatlar, jo’shqinlik haqida ma’lumot bergan.
O‘zbekistondagi mashhur va yagona kashtado’z, bir necha yillardan buyon o‘ziga xos Toshkent kashtachilik maktabi an’analarini muvaffaqiyatli jonlantirib kelayotgan Madina Qosimboyevada ham anor butasi o‘ziga xosdir. Hunarmand nozik rang tuyg’usiga ega. Har bir yangi ish uchun u soyalarni tanlaydi va iplarni o’zi bo’yaydi. An’anaviy hunarmandchilik ruhini asrash uchun kashtado’z, asosan, tabiiy bo‘yoqlardan foydalanadi. Kashtado’z, mahsulot sifatiga hamisha katta e’tibor beradi: shu jumladan naqsh kompozitsiyasining tiniqligi va nisbatiga, tikuvlarning ozodaligiga, ranglarining uyg‘unligiga.
Madina Kasimbayevaning shaxsiy kolleksiyasi