Har bir markazning o‘zbek kashtalarida mahalliy o‘ziga xoslik bo’lgan. Shahrisabz kashtachiligi hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, naqshlarning serqirraligi, ranglar uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Shahrisabzlik hunarmand ayollarning kashtachilik mahsulotlarida tevarak-atrof o‘simliklarining go‘zalligi va tarovati, odamlarning dunyoqarashi to‘la namoyon bo‘lmoqda.
Ushbu kashtado’zlik panno – so’zanada siz jannat bog’i tasviri simbiozini – gul naqshlari va samoviy jismlar tasvirlangan astral naqshlar ko’rinishida paradizni ko’rishingiz mumkin. O‘zbek kashtachilarining eng sevimli motivlaridan biri anor naqshidir. Qadim zamonlardan beri mahalliy aholi orasida anor hayot, farovonlik, unumdorlik va muhabbat ramzi sifatida talqin qilingan. Anorning tasviri koʻplab ilk sanʼat yodgorliklarida tasdiqlangan, masalan, Oʻrta Osiyo ona maʼbudasi, hayot manbai, unumdorlik xudosi Anaxitaning atributi anor mevasi boʻlib, urugʻlarining koʻpligi bilan hayratga solgan.
Oʻzbekiston Davlat Sanʼat Muzeyi (Toshkent)