XIX asr – XX asr boshlarida badavlat oilalardagi Buxoro ayollari asosan oltin kashta bilan qoplangan kultapushakni kiyishgan. Bu yumaloq va yumshoq qalpoqcha bo’lib, orqasidagi uzun xaltachasimon to’rtburchak shaklidagi kokilustiga sochlarini o’tkazishgan. Uning tepasidan ro’mol tashashgan. Ro’mol ustiga tilla kashta bilan tikilgan o’simliklar hamda geometrik shakllar tasviri tushgan peshonabandni o’rashgan, uning tepasidan esa tilla rang bilan tikilgan ipak ro’mol tashashgan.
Kultapushakning barcha qismlari – tasma, taglik va kokilusti albatta tilla rang kashta bilan bezatilgan. Tilla rang kashta asosan gulli bo’lgan va geometrik shakllar kamroq ishlatilgan.
Sitorayi Mohi-Xosa Saroy Majmuasida joylashgan Bezak va Amaliy San’at Muzeyi (Buxoro)