Buxoro maktabining kashtado’zligi o’simliklar tasviri tushgan kashtaning chiroyligi va nafisligi, gul va barglar naqshlarining ko’pligi, aniqligi, bir nechta rang va bir gulning tuslaridan foydalanilgani bilan ajralib tugran. Bunday kashtalarning majmui juda boy va turli xildir. O’rin-joyda qo’llaniladigan ashyolardan boshlab to an’anaviy liboslargacha kashta bilan bezatilgan. Eng ko’p kashta bilan bezatilgan buyumlardan dastorpech bo’lgan. Bu dastorni o’rash uchun mo’ljallangan to’rtburchak kashtalardan iborat buyum. Dastorpechni bezatishda shu bilan birga qaytarilib turiladigan romblar ko’rinishida bezaklar uchrab ham turadi. Bu to’rdan iborat tobadoni hisoblanadi. Mazkur romblar gulli bezaklar bilan to’ldirilgan. Bu holatda har bir romb uyurma shakldagi to’pbarggul bezaklar, ya’ni girdibarg bilan to’ldirilib, uning uchlari achchiq qalampir bezaklari bilan tugatilgan. Achchiq qalampir bezaklari yoki dastalari, ustalar aytishicha, sirli kuchga ega bo’lib, jin, alvasti va hokazolarni qo’rqitish uchun foydalanilgan.
Oʻzbekiston Davlat Sanʼat Muzeyi (Toshkent)