Buxoroning an’anaviy bezak kashtachiligi tarkibiga ko’ra juda xilma-xil va boy hisoblanadi. Joypo’sh (yangi kelin-kuyovlar uchun choyshab) va taqiyapo’sh (yostiqlar uchun g’ilof)ni o’z ichiga olgan to’shak to’plami kelin sepining muhim qismi edi. Kashta tikilgan mahsulotlarni bezashda yangi kelin-kuyovning to’shagiga alohida e’tibor berilgan, chunki mahalliy aholining tasavvuriga ko’ra, yangi turmush qurgan yoshlar, bo’lajak onalar va bolalar eng ko’p nazar-nafasga duchor bo’ladigan insonlar deb hisoblangan. Ushbu kompozitsiyada kashta markaziy maydonni va butun hoshiyani egallaydi.
Soʼzana markazini bir-biridan bir xil uzoqlikda joylashtirilgan yelpigʼichsimon tasvirlangan gul kashtalari, ularning orasida esa mayda gulchalar tasvirlangan boʼlib, bular gulsapsar, anor, qalampirnusxa naqshlardir. Hoshiyada tez-tez ishlatiladigan naqsh – yelpig’ichsimon yaproqdan iborat bo’lib, bu yerda gulning yon tomondan tasviri to’pbaggulning yuqoridan ko’rinishi bilan almashib turadi. Gul va o’simlik naqshlaridan tashkil topgan bunday kashtachilik kompozitsiyasi tabiatning bahoriy uyg’onishi ramzi bo’lgan.
Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi