Nurotalik kashtachilar orasida o‘simliklar tasviridan iborat islimiy naqshlar juda ommalashgan. Ushbu naqshda matoning markaziga Quyosh yoki yulduzlar tasviri tushirilgan bo‘lib, burchaklarida esa gul butalari yoki guldastalar ko‘rinishi tasvirlangan. Ba’zan nurotalik hunarmandlar o‘z ijod mahsullarining ayrim, ko‘zga tezdagina tashlanmaydigan joylarida qush, hayvon, inson yoki uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan biron anjomning tasvirini solib kyetadilar va uni “surat” deb ataydilar. Kashtachi ayollar jannat bog‘larini aynan shunday tasavvur qilganlar, chunki zodagonlarning go‘zal bog‘lari bu naqshlarga prototip bo‘lib xizmat qilgan.
Ma’lumki, islom san’atida bog‘lar jannatning yerdagi aksi sanalgan va Olloh tomonidan yaratilgan go‘zal olamning timsoli sifatida she’riyat va tasviriy san’atda o‘z ifodasini topgan.
Qadim zamonlardan byeri gul to‘la guldon tasviri muqaddas xususiyatga ega bo‘lgan. Zardo‘shtiylik bo‘yicha mutaxassislarning tadqiqotlariga ko‘ra, guldonning ichidan yuqoriga qarab o‘sib chiqqan o‘simlik timsoli kosmologik ma’noga ega bo‘lib, barcha tirik mavjudotlarning ramzi bo‘lgan Vourakasha ko‘li (guldon, suv tasviri) va dunyoda mavjud barcha o‘simliklarning urug‘ini o‘zida jamlagan Xaomu hayot daraxtiga mengzalgan. Vaqt o‘tgani sari guldon va gulning dastlabki ma’nosi unutilgan. Uning ko‘pqirrali ramzlari esa real dunyo go‘zalligi g‘oyasini targ‘ib qilib, ommalashgan naqsh usuliga aylanib qoldi. Keyinchalik esa kashtachilar bahorda gulga burkangan bog‘ timsolini to‘kin-sochinlik va baxtli hayot ifodasi sifatida yarata boshladilar.
Sitorayi Mohi-Xosa Saroy Majmuasida joylashgan Bezak va Amaliy San’at Muzeyi (Buxoro)