Zardo‘zlar sulolasining davomchisi bo‘lmish Baxshillo Jumaev Buxoro zardo‘zlik san’atining etakchi ustalaridan bo‘lib, qadim texnologiyalar va badiiy usullarni o‘zida jamlagan an’anaviy zarduzlik san’atini saqlab qola olgan hunarmandlardan xisoblanadi. Katta pannolarni yaratish B. Jumayevning eng sevimli ishidir. Usta o‘z kompozisiyalarida islimiy xaraktyerga ega – gulli to’pbarggul shaklidagi bezaklar, palmettalar, butalar, novdalar, anor, uzum, bodom, gul to‘la guldonlar kabi an’anaviy usuldagi naqshlardan foydalanadi.
Qadim zamonlardan byeri gul to‘la guldon tasviri muqaddas xususiyatga ega bo‘lgan. Zardo‘shtiylik bo‘yicha mutaxassislarning tadqiqotlariga ko‘ra, guldonning ichidan yuqoriga qarab o‘sib chiqqan o‘simlik timsoli kosmologik ma’noga ega bo‘lib, barcha tirik mavjudotlarning ramzi bo‘lgan Vourakasha ko‘li (guldon, suv tasviri) va dunyoda mavjud barcha o‘simliklarning urug‘ini o‘zida jamlagan Xaomu hayot daraxtiga mengzalgan. Vaqt o‘tgani sari guldon va gulning dastlabki ma’nosi unutilib borgan. Uning ko‘pqirrali ramzlari esa real dunyo go‘zalligi g‘oyasini targ‘ib qilib, ommalashgan naqsh usuliga aylanib qoldi.
Baxshillo Jumayevning shaxsiy kolleksiyasi