Har bir markazning so’zanalari mahalliy xususiyatga ega. Nurota ustalari orasida asosan yak mohu – chor shoh (to’rtta shoh va bitta oy) kashtalari juda mashhur. Mazkur naqshlar markazda quyosh yoki yulduzlar tasvirlarini o’zida aks etib, burchaklarida esa gullar butasi yoki guldastasi tikilgan. Ba’zan Nurota ustalari ko’rinmas joylarida bir uslubdagi qushlar, hayvonlar, insonlar yoki dkundalik hayotda foydalanuvchi buyumlar tasvirini tikishgan hamd abir so’z bilan surat deb nomlashgan. Aynan ustalar jannat bog’larini shunday tasavvur qilishgan bo’lib, zodagonlar haqiqiy bog’lari ham shunday ko’rinishda bo’lgan.
Sitorayi Mohi-Xosa Saroy Majmuasida joylashgan Bezak va Amaliy San’at Muzeyi (Buxoro)