Odina madrasasi va shu nomdagi masjid noyob diniy majmua hosil qilgan. Bu bino boshqa shu kabi inshootlardan faqat ayollar uchun moʼljallanganligi bilan farqlanadi. Majmua XVI asrda, Chigʼatoyxon avlodi boʼlmish Kebekxonning saroyi oʼrnida qurilgan.
Tarixiy yodgorliklarning meʼmoriy bezaklari Oʼzbekistonga xos binokorlikning alohida jihatlaridan biri hisoblanadi. Turli texnika va uslubda bajarilgan naqsh kompozitsiyalari (oʼyma terrakota, mayolika, qadama naqsh va h. k.) handasaviy, epigrafik hamda islimiy naqshlardan iborat cheksiz rang-baranglik va ajoyib mutanosiblik kasb etadi.
Islom sanʼatida islimiy naqshlar ramzlarini sharhlashda koʼp sonli va turlicha talqinlar qoʼllaniladi. Аyrim tadqiqotlarga muvofiq, islimiy naqsh jannat goʼzalligi, Yaratuvchi, baxt, muhabbat va eʼtiqodiy mukammallik ramzi hisoblanadi.
Odina madrasasi va masjidi (Qarshi)