Odina madrasasi va shu nomdagi masjid noyob diniy majmua hosil qilgan. Bu bino boshqa shu kabi inshootlardan faqat ayollar uchun moʼljallanganligi bilan farqlanadi. Majmua XVI asrda, Chigʼatoyxon avlodi boʼlmish Kebekxonning saroyi oʼrnida qurilgan. Tarixiy yodgorliklarning meʼmoriy bezaklari Oʼzbekistonga xos binokorlikning alohida jihatlaridan biri hisoblanadi.
Turli texnika va uslubda bajarilgan naqsh kompozitsiyalari (oʼyma terrakota, mayolika, qadama naqsh va h. k.) handasaviy, epigrafik hamda islimiy naqshlardan iborat cheksiz rang-baranglik va ajoyib mutanosiblik kasb etadi. Islom sanʼatida islimiy naqshlar ramzlarini sharhlashda koʼp sonli va turlicha talqinlar qoʼllaniladi. Аyrim tadqiqotlarga muvofiq, islimiy naqsh jannat goʼzalligi, Yaratuvchi, baxt, muhabbat va eʼtiqodiy mukammallik ramzi hisoblanadi. Islimiy naqshning asosiy tarkibiy qismi burama (chirmovuqsimon) tasvirdan iborat boʼlib, u baʼzan epigrafik naqshning toʼldiruvchi qismi sifatida ishlatiladi. Meʼmoriy bezaklarda uchraydigan klassik mavzudagi kompozitsiyada keladigan burama naqshning odatda naqsh uchidan boshlanib, ich tarafga buralib ketgan, markazida esa yelpigʼichsimon yaproq yoki toʼpbarggul shaklli naqsh bilan tugovchi asosiy chiziqni davom ettiruvchi ingichka chizilgan qismi boʼlib, shuningdek bu qism yanada nozikroq va gajaklangan islimiy novda shakllari bilan toʼldirilgan boʼladi.
Odina madrasasi va masjidi (Qarshi)