Jizzaxda, Samarqandda bo’lgani kabi, shuningdek, bezakli gulchambarlarni hoshiya ko’rinishida yirik naqshlar bilan to’ldirishga alohida e’tibor qaratilgan. Jizzax kashtachiligining o’ziga xos xususiyatlaridan biri – bu burchaklarda himoya va mo’jizaviy ma’noni anglatuvchi tumorcha kashtasidan foydalanganidir. Xalqdagi bid’atlarga ko’ra, eng ko’proq yosh turmush qurganlar va bolalar xavf-xatarga uchrashgan. Shuning uchun, yangi turmush qurganlar xonasi albatta devorga ilinadigan tumorlar bilan bezatilgan.
Jizzax so’zanalarida xuddi Toshkent so’zanalari kabi odatda tumorlariga qalampir tasviri qo’shilgan va u himoya kuchini ko’paytirgan. Mahalliy aholi so’zlariga ko’ra, achchiq qalampirlar yoki ulardan tuzilgan guldastalar sehrli kuchlarga ega jin, alvasti va hokazo kabi ruhlarni qo’rqitishga ega bo’lgan. Hali ham ba’zi an’anaviy o’zbek oilalarda qalampir gulchambarini eshik ostonasida yoki burchagiga ilish odati saqlanib qolingan.
O’zbekiston Respublikasi San’at va Hunarmandchilik Tarixi Davlat Muzeyi (Toshkent)