O‘zbek milliy libosini insonga go‘dakligidan to umrining so‘nggi damlarigacha, butun umri davomida hamroh bo‘lgan bosh kiyimsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bunday bosh kiyimlardan biri do‘ppi bo‘lib, uning tarixi qadimgi davrlarga borib taqaladi. Bunday bosh kiyimlarning tasvirlarini arxeologik topilmalar, freskalar va miniatyuralarda ko‘rish mumkin. Do‘ppi – turkiy so‘zdan olingan bo‘lib, “tepalik”, “cho‘qqi” degan ma’noni anglatadi. Oʻzbekistonning ayrim viloyatlarida uning “kallapush”, “taxya”, “qalpoq” kabi nomlari keng tarqalgan.
Har bir mintaqaning do‘ppilari rangi, dekoratsiyasi va ishlab chiqarish texnikasi bilan ajralib turardi. Do‘ppi orqali uning egasining qaysi viloyat va hatto qishlog‘dan ekanligini aniqlash mumkin edi. Ya’ni, do‘ppi egasining etnik kelib chiqishini ko‘rsatadigan o‘ziga xos «hujjat» (pasport) edi.
Farg‘ona vodiysidagi erkaklar do‘ppilarining kashta naqshlari deyarli bir xil: ustki qismida hayot ramzi va yomon ko‘zga qarshi tumor hisoblangan to‘rtta “qalampir” bor. Marg‘ilonlik erkaklar do‘ppilari “qalampirnusxa”ning cho‘zinchoq, uzunroq va ingichka shakli bilan ajralib turadi.
O’zbekiston Respublikasi San’at va Hunarmandchilik Tarixi Davlat Muzeyi (Toshkent)