(kartush)
XIV asrda Muhammad paygʼambarning eng yaqin sahobalaridan biri Аbu Ubayd ibn al-Jarrohga bagʼishlab bunyod etilgan yodgorlik majmuasi: oʼymakor darvozali va moviy gumbazli darvozaxon, maqbara, qadimiy dahmalar va minoradan iborat bir nechta inshootlarni oʼz ichiga oladi. Ikki yarim gektarlik maydonda ziyoratchilar uchun tahoratxona, yozgi ayvonlar, keng, oldi ochiq ayvonlar va kichik hovuzlar barpo etilgan.
Binolar va inshootlarning bezaklarida yogʼoch oʼymakorligi, ganch va mayolika kabi anʼanaviy badiiy hunarmandchilik turlaridan foydalanilgan. Turli texnika va uslublarda bajarilgan naqsh kompozitsiyalari handasaviy, epigrafik hamda islimiy naqshlar cheksiz rang-baranglik va ajoyib uygʼunlik kasb etgan. Islom sanʼatida islimiy naqshlar ramzlarini sharhlashda koʼp sonli va turlicha talqinlar qoʼllaniladi. Аyrim tadqiqotlarga muvofiq, islimiy naqsh jannat goʼzalligi, Yaratuvchi, baxt, muhabbat va eʼtiqodiy mukammallik ramzi hisoblanadi.
Аbu Ubayd ibn al-Jarroh yodgorlik majmuasi