Klassik usta-kulolchilardan biri kulollar sulolasining yettinchi avlodi vakili, otameros hunarmand O’zbekiston xalq ustasi Ibrohimjon Komilovdir. I.Komilov qoliplash, bo’yash va sirlashning turli texnologiyalarini puxta egallagan. Ishqor bilan sirlash usullarini qayta tiklash va ishlab chiqarishga joriy etish bilan shug’ullangan. I. Komilov asarlari gulli bezak va erkin grafik tasvir uslubi bilan ajralib turadi. Ya’ni, mahsulotlardagi barcha tasvirlarni usta faqat qo’lda bajargan, u hech qachon eskizlarni oldindan tayyorlamagan.
Usta ba’zan gul naqshlarni ajoyib ertaknamo qushlar tasviri bilan to’ldirgan, demak, ular baxt tilagini ifodalagan. I.Komilov ijodida ustaning Rishton an’anaviy kulolchilik qoidalarini saqlab qolgan holda, bezak berish borasida o’ziga xoslikka intilganini ko’rish mumkin. Ustaning ijodiy uslubi shu darajada o’ziga xoski, uning ishlarini Rishtonningboshqa ustalari ijodi bilan adashtirib qo’yish mumkin emas.
Ismoiljon Komilov xususiy kollektsiyasi