XIV asrda Muhammad paygʼambarning eng yaqin sahobalaridan biri Аbu Ubayd ibn al-Jarrohga bagʼishlab bunyod etilgan yodgorlik majmuasi buyuk sohibqiron Аmir Temur davriga mos ravishda qurilgan va taʼmirlangan bir nechta inshootlarni oʼz ichiga oladi. Majmua oʼymakor darvozali va moviy gumbazli darvozaxon, maqbara, qadimiy dahmalar va minoradan iborat.
Ikki yarim gektarlik maydonda ziyoratchilar uchun tahoratxona, yozgi ayvonlar, keng, oldi ochiq ayvonlar va kichik hovuzlar barpo etilgan. Mehrob bezagida yogʼoch oʼymakorligi, ganch va mayolika kabi anʼanaviy badiiy hunarmandchilik turlaridan foydalanilgan. Turli texnika va uslublarda bajarilgan naqsh kompozitsiyalari handasaviy, epigrafik hamda islimiy naqshlar cheksiz rang-baranglik va ajoyib uygʼunlik kasb etgan.
Аbu Ubayd ibn al-Jarroh yodgorlik majmuasi