O’zbek kashtachilik mahsulotlari ro’yxati juda katta. Kashtachilik ko’p jihatdan turli ranglarni o’z ichiga olgan bo’lib, o’zbek xalqi uyini bezatish xususiyatlarini belgilab kelgan. Har bir tikilgan nima maqsadda yaratilganiga qarab interyerda ma’lum bir joyni egallab kelgan. Uzun bezak uchun tikilgan zardevorlar xona devorining yuqori qismini bezatish uchun ishlatilgan. Mazkur uzun kashtalarning hoshiyalari gorizontal joylashgan kashtalar bilan to’ldirilgan. Odatda bu ketma-ket takrorlanib kelgan mehroblar bo’lgan va ular ichiga bir xil naqsh chizilgan.
Tadqiqotchilar orasida zardevordagi mehroblar ikki xil talqin qilingan. Birinchisi – bu zodagonlar uyini bezatuvchi ganchli me’morchilik devor, hoshiya ko’rinishidagi toqiga taqlid qilingan, shuningdek, mazkur naqsh dastlabki O’rta asrning So’g’dlar ossuarlarining bezagi bilan ayni san’at asari kabi bog’liq degan yana bir taxmin mavjud.
Madina Kasimbayevaning shaxsiy kolleksiyasi