Oʼzbek kashtachiligiga oid mahsulotlar safi nihoyatda keng. Kashtadoʼzlik koʼp jihatdan oʼzbek uyining koʼp rangli xos koʼrinishiga oid ichki bezaklarining tabiatini belgilab bergan. Har bir kashtachilik buyumi qaerda foydalanishiga qarab xonadonda maʼlum oʼrin egallagan. Uzun kashtali naqshlar bilan toʼldirilgan devor boʼylab ilinadigan mato buyum – zardevorlar xona devorining shiftga tutash yuqori qismini bezatish uchun ishlatilgan. Bu koʼndalangiga uzun kashtachilik buyumining pastki hoshiyalari yonlama joylashgan naqshlar bilan bezatilgan. Odatda bu qatorasiga ketma-ket ishlangan ark shakllari – mehroblar boʼlib, ularning oʼrtasiga bir xilda naqsh tikib chiqilgan.
Tadqiqotchilarning fikricha, zardevorlardagi mehrob shakllarni ikki xil talqin etish mumkin. Birinchisi, ark shaklli naqshlar boy-badavlat kishilar xonadonlarini bezagan ganchli meʼmoriy bezaklarga taqlid boʼlsa, ikkinchi talqin tarafdorlari bu naqshning erta oʼrta asrlarda Sugʼdiyona ossuariy dahmalaridagi oʼxshash bezaklarga ishora, degan taxminni ilgari suradilar.
Аmir Temur nomli Shahrisabz moddiy madaniyat tarixi muzeyi