Toshkent kashtachilik mahsulotlari turlari rang-barang. Gulko’rpa (aynan, gulli ko’rpa) ana shunday o’ziga xos mahsulotlardan biri hisoblanib, u yangi kelin-kuyovning ko’rpa-to’shakgi uchun choyshab sifatida, keyinroq xonaning ichki qismidagi devor bezaklari sifatida ishlatgan. Ma’lumki, o’zbeklarning to’y marosimlarida kashtado’zlik katta o’rin tutgan. Toshkentda gulko’rpa nikoh to’shagining muhim va ajralmas qismi hisoblangan. Lekin vaqt oʼtishi bilan unday foydalanish maqsadi oʼzgaradi va u kelin-kuyov xonasidagi devor bezagiga aylanadi.
Taqdim etilgan kompozitsiyada gulko’rpaning standart dekoratsiyasini ko’rish mumkin – markazda katta gulli to’pbarggul va maydon burchaklariga cho’zilgan gulli to’rtta buta. Hunarmand ayollar bu bezaklar yangi turmush qurgan yoshlarni yomon ko’zlardan asrashiga ishonishgan. Gul butalaridan foydalanish Toshkent kashtalarining bezak naqshlari uchun xosdir. Bu holatda biz gulli buta hamda «qalampirnusxa» va «anor guli» naqshlarini ko’ramiz. Mahalliy aholining fikriga ko’ra, achchiq qalampir yoki undan iborat marjonlar yomon ruh – jinlar, alvasti va boshqalarni haydovchi sehrli kuchga ega bo’lgan. Hozirgacha ba’zi an’anaviy o’zbek oilalarida qalampir marjonlarini kiraverishga yoki uy burchagiga ilib qo’yish odati saqlanib qolgan. Barcha hunarmand ayollar yoqtirgan anor naqshlari hayot, farovonlik, serfarzandlik va muhabbat ramzi sifatida talqin qilingan.
Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi