Zardo’zlik shahar hunarmandchiligida eng yuqori maqomda bo’lgan. XIX-asr oxiri – XX-asr boshlarida Buxoro zardo’zlik sanoati markazi hisoblangan. Ko’pgina sulola hunarmandlari amir saroyi va zodagonlar kiyim-kechaklari, otlar uchun yopinchiq va boshqa ko’plab buyumlarga tilla iplar bilan bezak berishgan. O’zbekistonda ot minish qadim zamonlardan erkaklar uchun harakatlanishning yagona shakli bo’lib kelgan, ammo shahar aholisi uchun bu ijtimoiy mavqe masalasi edi.
Yopinchiqlar – «daurlar» ikki toifaga bo’lingan. Birinchi toifaga amirning shaxsiy foydalanishi uchun mo’ljallangan «xosaklar» (arab tilidan o’girganda shaxsiy degani), ikkinchisiga esa «inomi» – amirga taqdim etiladigan sovg’a buyumlari kiradi. Yopinchiq ikki qismdan – to’rtburchak shakldagi nodir bezakli va trapetsiya shakldagi «xoni-zingah»dan iborat bo’lib, zardo’zi bilan naqshlangan, otning sag’risini qoplaydigan kattalikda bo’lgan. Yopinchiq zardo’zi kashtalarining bezaklari asosan o’simlik naqshlaridan iborat bo’lib, geometrik shakllar kamroq ishlatilgan. Amir uchun bunday ot yopinchig’i kompozitsiyasi «se – gula» (uch gul) deb ataladi.
Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi