XIV asrda Muhammad paygʼambarning eng yaqin sahobalaridan biri Аbu Ubayd ibn al-Jarrohga bagʼishlab bunyod etilgan yodgorlik majmuasi buyuk sohibqiron Аmir Temur davriga mos ravishda qurilgan va taʼmirlangan bir nechta inshootlarni oʼz ichiga oladi. Majmua oʼymakor darvozali va moviy gumbazli darvozaxon, maqbara, qadimiy dahmalar va minoradan iborat.
Ikki yarim gektarlik maydonda ziyoratchilar uchun tahoratxona, yozgi ayvonlar, keng, oldi ochiq ayvonlar va kichik hovuzlar barpo etilgan. Kirish darvozalari bezaklarida badiiy hunarmandchilikning qiziqarli turlaridan biri – yogʼoch oʼymakorligidan foydalanilgan. Naqsh kompozitsiyasi oʼsimlik shaklli islimiy naqshlardan tuzilgan.
Аbu Ubayd ibn al-Jarroh yodgorlik majmuasi