Temur va temuriylar tomonidan yaratilgan meʼmoriy inshootlar ulkan, monumental shaklli, bezaklarga boy va hashamdor koʼrinishda boʼlib, qudratli saltanat ulugʼvorligini oʼzida aks ettirgan. Oʼsha davrga oid binolarning aksariyati mutlaqo mukammalligi bilan ajralib turadi. Binolarning tashqi meʼmoriy ishlovida qoʼllangan asosiy uslublardan biri turli glazurlangan qoplama materiallardan foydalanilganidir. Glazurlangan quyma gʼishtlardan yirik naqshlar yaratilgan, bu naqshlar Qurʼon suralari, Olloh va Muhammad paygʼambarning ismlari va boshqa muddas soʼzlar bitilgan girihiy tagsoʼzlar bilan juda yaxshi uygʼunlashgan. Bino tashqi yuzalaridagi binoga kiraverishdagi ark tepasidagi timpan, bezakdor yarimarklar timpanlari, shuningdek tashqi devorlarning bezak berilgan alohida qismlari kabi eng eʼtiborga molik qismlar rang-barang mayolika yoki mozaika shaklli oʼymakor bezaklar bilan bezatilgan. Inshootlar tashqi va ichki qismidagi bezaklar hamisha islimiy, girihiy va epigrafik naqshlardan iborat boʼlgan.
Oqsaroy saroyi