Tarixiy maʼlumotlar Oʼzbekiston hududida yogʼoch oʼymakorligiga oid qadimdan shakllangan anʼanalar mavjud boʼlganidan dalolat beradi. XIX asr va XX asr boshlarida Xiva, Samarqand, Toshkent, Qoʼqon, Margʼilon, Аndijon, Fargʼona, Shahrisabz shaharlari yogʼoch oʼymakorligi sanʼatining yetakchi markazlari sanalgan. Ushbu shaharlar meʼmorchiligida yogʼoch oʼymakorligi sanʼati chiroyli, did bilan ishlangan ustunlar, darvozalar va turli meʼmoriy bezaklarda namoyon boʼladi. Oʼymakorlar yogʼochga ishlov berishning turli usullaridan: gardishlab, asosli, asossiz yoki chuqur boʼrtma naqsh oʼyishdan foydalanishgan.
Choʼbin madrasasi eshiklari (ayni kunda Shahrisabz moddiy madaniyat tarixi muzeyida saqlanmoqda) bezagida badiiy hunarmandchilikning qiziqarli turlaridan biri boʼlgan – yogʼoch oʼymakorligidan foydalanilgan. Naqshlar kompozitsiyasi toʼligʼicha islimiy naqshlardan iborat.
Аmir Temur Nomli Shahrisabz Moddiy Madaniyat Tarixi Muzeyi