Qabrtoshlar islom madaniyatining muhim elementlaridan biri hisoblanadi, shu bois tarixiy manbaalar qoʼshimcha ravishda qabrtoshlarga Muqaddas Qurʼondan koʼchirmalar, oyatlar, duolar, musulmonchilik timsollari va boshqa yozuvlar bitilgan. Shuningdek, ular muayyan zamonlardagi voqeliklarni yaxshiroq tushunish uchun qimmatli maʼlumotlar manbaasi hamdir. Shu maʼnoda qabrtoshlarga yozilgan marsiyalar oʼz mazmuniga koʼra ahamiyatli tarixiy manbaaga aylanishi mumkin.
Qabrtoshlarga bezak berishda sharqona husnixatdan tashqari hamisha islimiy va girihiy (geometrik) naqshlardan foydalanilgan. Qabrtoshda shoir Saʼdiy Sheroziyning gʼazali yozilgan, bezagi esa husnixatda yozilgan tagsoʼz va islimiy naqshlardan iborat.
Аmir Temur Nomli Shahrisabz Moddiy Madaniyat Tarixi Muzeyi