(lola)
Soʼzana va zardevor kabi yirik kashta buyumlar XX asrda ayniqsa Surxondaryoning dehqonchilik bilan shugʼullanuvchi oʼtroq aholisi oʼrtasida urf boʼlgan. Surxondaryo kashtachiligiga xos naqshlardan biri aylana tartibida tushirilgan – oy yoki lola naqshi boʼlib, u bir vaqtning oʼzida Oy va lola timsoli sifatida talqin etiladi. Аyrim tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, bunday aylana koʼrinishli naqshlar samoviy kuchlarga va tabiat hodisalariga topinish bilan bogʼliqdir, bu gul sayli kabi marosimlarning oʼtkazilishida ham namoyon boʼladi. Surxondaryo kashtachiligining oʼziga xos jihati yorqin ranglarida boʼlib, asos matolarning rangdorligi, kashtalarni tikishda alvon qizil, toʼq qizil, toʼq moviy, sariq, zardoli va boshqa yorqin rangli iplardan foydalanilishi bilan farqlanib turadi.
Xususiy kollektsiya