Buxoroning an’anaviy bezak sifatida qo’llaniladigan kashtalari juda xilma-xil va boy hisoblanadi. Yotoq uchun qo’llaniladigan ashyolar to’plamlari joypo’sh (kelin-kuyovlar uchun mo’ljallangan choyshab) va takiyapo’sh (yostiqlar ustiga yopilgan yopinchiq) larni o’z ichiga olgan va kelin sarposining ajralmas qismi hisoblangan. Yangi turmush qurganlar yotoq buyumlariga alohida e’tibor berilgan, chunki mahalliy aholining fikricha yangi kelin-kuyovlar, kelajakda onalar va bolalar eng himoyasiz hisoblangan.
Bu san’at asarida kashta markazi va chet qismlari bezaklar bilan bezatilgan. Markazini bir tekisda palmettalar bilan to’ldirib chiqilgan va ular orasida mayda gul bezaklari, osongina tanisa bo’ladigan gulsapsarlar, anor, achchiq qalampir va boshqalar bilan tikib chiqilgan. So’zana chetlari tez-tez foydalanilib turilgan palmettalar tushurilgan hamda gullar va to’ppbargul shaklidagi bezaklar yon va yuqoridan ko’rinishi ketma-ket joylashtirilib ketilgan. Gul va o’simliklar tasviri bezak sifatida tushurilgan bunday turdagi kashtalar tabiatning bahorgi uyg’onishini o’zida aks etgan.
Oʻzbekiston Davlat Sanʼat Muzeyi (Toshkent)