Oʻzbek kashtachiligining ahamiyati uning xonadonda qaysi joyni egallab turgani bilangina emas, asrlar davomida shakllangan odat va marosimlar bilan ham bogʻliqdir. Soʻzana (igna soʻzidan olingan) asosan savdo va hunarmandchilik markazlarida, Oʻzbekistonning dehqonchilik madaniyatiga asoslangan qadimgi oʻtroq shahar va yirik qishloqlarida tarqalgan edi. Ammo Xorazm hududi bundan mustasno. Shaharliklar ishlatadigan qoʻlda tikilgan soʻzanalar pannosi ularning uylariga yarasha katta boʻlgan.
Soʻzananing sathida bir hilda takrorlanadigan yirik gullar nafaqat Toshkent va Jizzax, shuningdek, Samarqand kashtachilik maktabiga ham xosdir. Koʻrib turganingiz, kompozitsiyadagi yirik yulduzgulning asl ma’nosi allaqachon yoddan chiqqan. Ammo Soʻgʻdning qadim san’ati, devor yozuvlari va arxeologik topilmalarni kuzatar ekanmiz, ushbu gulning qadimiy tarixga egaligini anglash mumkin. Ayrim tadqiqotchilar, Samarqand hududida islomga qadar muqaddas olov maskanlari borligi sabab, yulduzgulni zardoʻshtiylik va astral kult bilan ham bogʻlaydilar.
Oʻzbekiston Madaniyati Tarixi Davlat Muzeyi (Samarqand)