O’zbek kashtachiligiga oid mahsulotlar safi nihoyatda keng. Kashtado’zlik ko’p jihatdan o’zbek uyining ko’p rangli xos ko’rinishiga oid ichki bezaklarining tabiatini belgilab bergan. Har bir naqshli mahsulot o’z maqsadiga muvofiq umumiy ko’rinishda ma’lum o’rin egallagan.
Farg’ona vodiysi kashtachiligida rangli fonda erkin joylashtirilgan buta naqshli yoki to’pbarggulli bezaklardan iborat kompozitsiyalar qo’llaniladi. Bundan tashqari, kashtaning foni, odatda, bezakli detallar bilan to’ldirilmasdan, bo’sh holda qoldiriladi, natijada kompozitsiya grafik sifatga ega bo’ladi va undagi naqshlar juda nafis ko’rinadi.
Farg’ona viloyati o’lkashunoslik muzeyi