Sirlangan kulolchilik markazlari orasida Rishton alohida o’rin tutadi, bu yerlik ustalarning ishlari naqshlari va bezak mavzulari bilan kishini hayratga soladi. Rishtonning moviy rangli sopol buyumlarida gulli-oʼsimliksimon naqshlar yetakchi oʼrni egallaydi: anor shakli va donalari, bodom shakli va guli, gulsapsar, chinnigul shakllari.
Koʼpincha naqshlarda buyumlar, masalan, qaychi va koʼzalar shakli ham tasvirlanishi mumkin. Rishton sopollari yupqa yasalgani bois juda nafis koʼrinishda boʼladi. Muzaffar Saidovning sopol buyumlarida izlanish va yangiliklarga intilish natijasi boʼlmish oʼziga xos tasvirlar aks etadi. Usta anʼanaviy hisoblangan – oʼsimliknusxa «islimiy», toʼrt yaproq, yulduzsimon va boshqa naqshlardan foydalanadi.
Muzaffar Saidov ustaxonasi