Sirlangan kulolchilik markazlari orasida Rishton alohida o’rin tutadi, bu yerlik ustalarning ishlari naqshlari va bezak mavzulari bilan kishini hayratga soladi. Rishtonning moviy sopolida gul va o’simlik shaklli, ayniqsa, anor donalari, bodom, gulsafsar, qalampirmunchoq shaklli naqshlar yetakchi o’rinni egallaydi. Rishton sopol buyumlari faqat moviy rangda bo’lmasligini ayrimlar bilmasligi mumkin. Vaholanki, ular sarg’ish-yashil rangda ham bo’ladi.
Bunday rang qo’rg’oshin bilan sirlashdan oldin surma oksidi – malgash qo’shilgan rangli angob bilan bo’yash yo’li bilan olingan.
Ismoiljon Komilov ustaxonasi