Qashqadaryolik kashtachilarning naqshlarida oʼsimliklar shaklidagi toʼpbarggullar va turli yaproqsimon, gulli naqshlar asosiy oʼrin egallaydi.
Soʼzanalarga tikilgan koʼplab rang-barang islimiy va yulduzsimon shaklidagi naqshlarning tikilishi tevaral-atrofdagi tabiat manzarasi, samo jismlarining obrazli ifodasi boʼlib, xalqning dunyoqarashidan kelib chiqib shakllangan. Bu kashtachilik buymlari oilaviy marosimlar, ayniqsa nikoh toʼylarida katta ahamiyatga ega boʼlgan va yosh oila uchun baxt-saodat, serfarzandlik timsoli hamda yomon koʼzlardan asrovchi tumor boʼlib xizmat qilgan.
Аmir Temur nomli Shahrisabz moddiy madaniyat tarixi muzeyi