Oʼzbek kashtachiligiga oid mahsulotlar safi nihoyatda keng. Har bir kashtachilik buyumi qoʼllanishiga koʼra alohida nomlangan. Mana shunday kashta bosilgan buyumlardan biri – joynamoz boʼlib, u har bir oʼzbek oilasida mavjud.
Hunarmandlar tikkan kashtachilik buyumlarining naqshlarida oʼsimliklar shaklidagi toʼpbarggullar va turli yaproqsimon, gulli naqshlar asosiy oʼrin egallaydi. Rang-barang islimiy va yulduzsimon shaklidagi naqshlarning tikilishi tevaral-atrofdagi tabiat manzarasi, samo jismlarining obrazli ifodasi boʼlib, xalqning dunyoqarashidan kelib chiqib shakllangan.
Fargʼona vodiysi kashtachiligida rangli fonda erkin joylashtirilgan buta naqshli kompozitsiyalar qoʼllaniladi. Bundan tashqari, kashtaning foni koʼpincha bezakli kashta bilan toʼldirilmasdan ochiq qoldiriladi, buning natijasida kompozitsiya grafik tasvirga ega boʼladi va undagi naqshlar juda nafis koʼrinadi.
Аmir Temur nomli Shahrisabz moddiy madaniyat tarixi muzeyi