Oʼzbek kashtachiligiga oid mahsulotlar safi nihoyatda keng. Kashtadoʼzlik koʼp jihatdan oʼzbek uyining koʼp rangli xos koʼrinishiga oid ichki bezaklarining tabiatini belgilab bergan. Har bir kashtachilik buyumi qaerda foydalanishiga qarab xonadonda maʼlum oʼrin egallagan. Uzun kashtali naqshlar bilan toʼldirilgan devor boʼylab ilinadigan mato buyum – zardevorlar xona devorining shiftga tutash yuqori qismini bezatish uchun ishlatilgan. Bu koʼndalangiga uzun kashtachilik buyumining pastki hoshiyalari yonlama joylashgan naqshlar bilan bezatilgan.
Surxondaryo kashtachiligiga xos naqshlardan biri aylana tartibida tushirilgan – oy yoki lola naqshi boʼlib, u bir vaqtning oʼzida Oy va lola timsoli sifatida talqin etiladi. Аyrim tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, bunday aylana koʼrinishli naqshlar samoviy kuchlarga va tabiat hodisalariga topinish bilan bogʼliqdir, bu gul sayli kabi marosimlarning oʼtkazilishida ham namoyon boʼladi.
Аmir Temur nomli Shahrisabz moddiy madaniyat tarixi muzeyi