Oʼzbek kashtachiligiga oid mahsulotlar safi nihoyatda keng. Har bir kashtachilik buyumi qoʼllanishiga koʼra alohida nomlangan. Mana shunday kashta bosilgan buyumlardan biri – joynamoz boʼlib, u har bir oʼzbek oilasida mavjud.
Hunarmandlar tikkan ayrim kashtachilik buyumlarining naqshlarida oʼsimliklar shaklidagi toʼpbarggullar va turli yaproqsimon, gulli naqshlar asosiy oʼrin egallaydi. Rang-barang islimiy va yulduzsimon shaklidagi naqshlarning tikilishi tevaral-atrofdagi tabiat manzarasi, samo jismlarining obrazli ifodasi boʼlib, xalqning dunyoqarashidan kelib chiqib shakllangan. Har bir kashtadoʼz ayol improvizatsiya qilishga va oʼz tasavvuridagi bogʼni yaratishga intilgan.
Аmir Temur Nomli Shahrisabz Moddiy Madaniyat Tarixi Muzeyi