shaklidagi bezak
Kashtachilik har doim an’anaviy tojiklar uyidagi ichki bezaklarining asosiy qismi hisoblangan. Kashtaning mashhurligi nafaqat uyni bezashdagi o’rni bilan, balki odatiy urf-odatlari va marosimlari bilan ham izohlanadi. Kashta bilan tikilgan mahsulotlar kelinga beriladigan sarpoga qo’yilishi shart bo’lgan va shuning uchun qizning onasi uning yoshligidan tayyorlab kelgan. Muayyan kashtado’zlik maktabining har bir markazi uchun o’ziga xos tarkibi, rangi va bezaklari mavjud. O’ratepa kashtachiligi hoshiyalarni naqsh va o’simlik gullari, turli guldasta, buta va gulli bezaklar yordamida to’ldirilishi bilan ajralib turadi.
So’zananing turli o’simliklar va samoviy bezaklari haqiqiy tabiatni, samoviy jismlarni majoziy nusxasi bo’lib, insonlarning dunyoqarashi bilan chambarchas bog’liq edi. Ular oilaviy marosimlarda, ayniqsa to’ylarda juda muhim o’rin egallar edi va yangi qurilgan oila uchun baxt, unumdorlik ramzi bo’lib ularni himoya sifatida xizmat qilar edi.
O’zbekiston Respublikasi San’at va Hunarmandchilik Tarixi Davlat Muzeyi (Toshkent)