Fazliddin Dadajonov beshinchi avlod abrband ustasi. Fazliddin otasining kasbini davom ettirib, yillar davomida ko’plab gazlama namunalarini, o’simlik asosidagi bo’yoqlarni tayyorlashning qadimiy usullarini o’rgandi. Usta o’z ishlarining natijasidan abr matolarining unutilgan turlarini tiklashda keng foydalanadi. F. Dadajonov bir necha yil davomida qirqqa yaqin ipak va yarim ipak matolarni tikladi.
O’ttizga yaqin turdagi yangi naqshlar yaratdi va ularni dastgohlar ko’chirib, ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi. Fazliddin yangi naqshlar yaratishda Farg’ona maktabi an’analaridan tashqari, Buxoro va Samarqand maktablariga xos uslublarga ham murojaat qiladi. Keyingi 10 yil ichida u zaxira qilish, bo’yash va to’qish texnologiyasini mukammallashtirish ustida ishlamoqda. U ayni paytda Farg’ona vodiysidagi matolarining iplari zich to’qilishi bilan farqlanib turuvchi yagona ustadir.
Fazliddin Dadajonov ustaxonasi