Fargʼona vodiysi kashtachiligida rangli fonda erkin joylashtirilgan buta naqshli kompozitsiyalar qoʼllaniladi. Bundan tashqari, kashtaning asosi koʼpincha bezakli kashta bilan toʼldirilmasdan ochiq qoldiriladi, buning natijasida kompozitsiya grafik koʼrinishga ega boʼladi. Taqdim etilgan kompozitsiyada Fargʼona vodiysida soʼzana uchun biroz noodatiy boʼlgan – mahsulotning toʼrtta burchagida tikilgan tumor kashtasini koʼrish mumkin. Hunarmand ayollar bu bezaklar sehrli kuchga egaligiga va ular yangi turmush qurgan yoshlarni yomon koʼzlardan asrashiga ishonishgan.
Soʼzanada quyosh shaklidagi – doira va uning girdi boʼylab turli uyurma shaklda joylashtirilgan toʼpgullar tasviri yaqqol koʼzga tashlanadi. Xalq orasida fazoviy jismlar tasviri balo-qazolardan asrovchi va koʼp farzandli boʼlishga yoʼl ochuvchi tumor hisoblanadi. Shu boisdan soʼzana har bir toʼy uchun tikib tayyorlanishi shart boʼlgan, u bilan kelin-kuyovning xonasi bezatilgan.
Namangan viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyi