амулет
Jizzax soʻzanalarida huddi Samarqand soʻzanalari kabi bezakli gulchambar bilan xoshiyalangan yirik naqshlar katta ahamiyatga ega. Burchaklarda tumorcha koʻrinishidagi himoya rolini oʻynovchi gullarning mavjudligi Jizzax kashtalarining oʻziga xos jihatidir. Ayrim tadqiqotchilarning fikriga koʻra, bu kabi kompozitsiya soʻgʻd matolarining bezagiga juda oʻxshash, farqi medalonlar fonida ayrim mavzudagi tasvirlarning yoʻqligidir. Ularning tahminicha, Jizzax soʻzanalaridagi dumaloq shakllar astral kult bilan bogʻliq samoviy jismlarning timsoli boʻlgan va vaqt oʻtgani sari asl ma’nosini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Madaniyati Tarixi Davlat Muzeyi (Samarqand)