Toshkent kashtachiligining markazida katta to’pbarggul shaklidagi gullar tikilgan. Ular oddiyroq qilib tog’ora palak deb atalgan. Mazkur bezaklarning chetlari kundalik hayotda keng ishlatilgan katta dumaloq tog’ora bilan bog’liqdir. Ilgari bunday palak qiz palak deb yoki bir oylik palak deb nomlashgan va kelinlarning sarposiga qo’yilishi shart bo’lgan. Ehtimol, vaqt o’tishi bilan qadimiy nomi va ramzi uncha muhim bo’lmay qoldi hamda kundalik hayotda foydalanuvchi buyum bilan bog’liq bo’lib qolgan.
Ko’pincha palaklarning burchaklarida ustalar himoya va m’ojizani tasvirlovchi tumorlarni tikkan. Toshkent maktabining palaklarida tumor ichiga qalampirlarni joylashtirishgan va bu bilan himoya kuchini ko’paytirgan. Mahalliy aholining so’zlariga qaraganda achchiq qalampirlar yoki ulardan tuzilgan qalampir datsalar mo’jizaviy kuchga ega bo’lib ruhlarni, jinlarni alvasi va hokazolarni qo’rqitish uchun xizmat qilgan. Shu kunga qadar ba’zi an’anaviy o’zbek oilalarda bunday an’ana saqlanib qolib, ular eshik ostonasiga yoki burchagiga qalampirlar tizimchalarini ilib qo’yishadi.
Sitorayi Mohi-Xosa Saroy Majmuasida joylashgan Bezak va Amaliy San’at Muzeyi (Buxoro)