Oʻzbek kashtachilik mahsulotlarining turlari nihoyatda koʻp. Har bir kashta, bajaradigan vazifasiga muvofiq uy-roʻzgʻorda oʻziga xos ahamiyatga ega boʻlgan. Masalan, dastorpech – tantanali marosimlarda oʻraladigan salla uchun kichik hajmdagi kashta hisoblanadi.
Ushbu kompozitsiyaning markazida Quyosh yoki yulduzlarning tasviri boʻlib, chetlarida qushlar aks ettirilgan.Dastorpechning kichik sahnidagi naqshlarda Quyosh, zoomorf, islimiy gullar va turli predmetlarning tasvirini koʻrish mumkin. Ba’zan nurotalik hunarmandlar o‘z ijod mahsullarining ayrim, ko‘zga tezdagina tashlanmaydigan joylarida qush, hayvon, inson yoki uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan biron anjomning tasvirini solib kyetadilar va uni “surat” deb ataydilar.
Qushlar aksining dastlabki ma’nosi bugungi kunga kelib unut boʻlib ketgan. Keyinchalik esa kashtalarda va oʻzbek xalq amaliy san’atining boshqa turlarida ham qushlar tasviri baxt ramzi sifatida talqin qilinadigan boʻldi.
Oʻzbekiston Davlat San’at Muzeyi (Samarqand)