Buxoro kashtachiligi o‘ziga xos go‘zal va nafis naqshlari bilan ajralib turadi. Gulli va bargli islimiy naqshlarning syerobligi, gulli to’pbarggul shaklidagi bezaklarning hoshiyasi shohlangan poyalar bilan o‘ralganligi, aniqlik, bir rangning bir necha hil tuslaridan foydalanganlik ushbu hudud kashtalarining o‘ziga xos belgisidir.
Buxoro va Nurota so‘zanalari kompozisiyalarida romb shaklining takrorlanuvchanligi tez -tez uchrab turadi. Bu kabi usul mahalliy hunarmandlar tilida “tobadoni” yoki “panjara” deb ataladi. Romblarning ichki qismi gullar va gulli to’pbarggul shaklidagi bezaklar bilan to‘ldirilgan.
Ushbu kashta kompozisiyasining asosini bargli to‘r, ya’ni “tobadoni” tashkil qiladi. Islimiy naqshlar seloziy, gulsafsar, chinnigul kabi turli gullar ko‘rinishida taqdim etilgan. Kashtaning bu kabi islimiy kompozisiyasi bahorda tabiatning uyg‘onishiga mengzalgan.
Sitorayi Mohi-Xosa Saroy Majmuasida joylashgan Bezak va Amaliy San’at Muzeyi (Buxoro)