Buxoro kashtachiligi o’zgacha chiroy va nafisligi bilan ajralib turadi, ulardagi gullar va o’simliklar naqshining ko’pligi, novdali poyalar bilan o’ralgan dumaloq shakldagi naqshlarning mavjudligi, nafisligi, bir necha xil ranglar uyg’unligi hamda bitta rangning tuslaridan foydalanganligi o’ziga xosdir.
Mazkur so’zanada kashta markazida va butun hoshiya bo’ylab joylashganini ko’rish mumkin. Markaz yirik palmettalarni o’z ichiga olgan ikkita «daraxt» bilan, ular orasida mayda guldor naqshlar, osongina tanish mumkin bo’lgan lolalar, gulsapsarlar va boshqa gullar bilan to’ldirilgan. Gullar va o’simliklar naqshlaridan tarkib topgan bu turdagi kashtachilik san’at asari tabiatning bahordagi erta uyg’onishini ramzi hisoblanadi. Shuningdek, bir juft tikilgan ezgulik tilovchi «daraxt» yangi turmush qurganlarga uzoq va baxtli oilaviy hayotni bildirib turadi.
Madina Kasimbayevaning shaxsiy kolleksiyasi